Meetupda ro'yxatdan o'tish

28 - may 2022, 14:00 – 17:00UzGeeks May2022 Meetup Namanganga
taklif qilamiz

UzGeeks Communityning shu va shunga o'xshash barcha yangiliklaridan
xabardor bo'lib turish uchun

Guruhimizga a'zo bo'ling Ustoz-Shogird kanalimizga a'zo bo'ling Tadbir haqida

Biz haqimizda UzGeeks haqida qisqacha

UzGeeks Community — bu O‘zbekistoning hamma burchaklaridan bo‘lgan axborot texnologiylari muhandislarini faoliyatlari davomida shu sohada orttirgan bilim va tajribalari, izlanishlari, axborot texnologiyalari sohasidagi eng so‘nggi yangiliklar bilan bo‘lishish, yosh mutaxassislarga, talabalarga nazariy bilimlarni amaliyotdagi qo‘llanilishi, yangi texnologiya va metodologiyalar bilan tanishish imkonini beruvchi mutloq ochiq maydoncha.

Shu bilan birga, axborot texnologiyalariga oid o‘zbekcha sifatli resurslarni yaratish, borlarini to‘ldirish UzGeeks jamoasining yana bir muhim yo‘nalishlaridan hisoblanadi.

UzGeeks doirasida 7 yildan beri har oyda bir marta ochiq muloqot, bilim va malakalar bilan bo‘lishish maqsadida meetup-tadbirlar tashkil etiladi.

Shu bilan birga, UzGeeks meetuplari onlayn tarzda ijtimoiy tarmoqlarda efirga uzatiladi. Ushbu tadbirlarda qatnashish mutloq bepul bo‘lib, xohlagan ishtirokchi o‘z shaxsiy professional tajribasidan kelib chiqqan holda biror-bir mavzu bo‘yicha taqdimot o‘tkazib berishi, yoki oddiy eshituvchi-ishtirokchi sifatida qatnashishi mumkin.

UzGeeks mavzulariga qo'yiladigan talablar!

Mavzular o'zbek tilida bo'lib, ATning quyidagi sohalariga tegishli bo'lishi kerak:

  • Dasturlash (Software/Hardware)
  • Tarmoq va operatsion tizimlari (system/network admining)
  • Elektronika va Robototexnika
  • AX (shifrovaniya, hujumlar va himoyalar)
  • Web Dizayn
  • Startap

28-may 2022, 14:00 - 17:00 Kelayotgan uchrashuvga qiziquvchilarni taklif etamiz

Meetupga yoziling
  • 00kun qoldi
  • 00soat
  • 00daqiqa
  • 00soniya

 28.05.2022 14:00 - 17:00UzGeeks May2022 Meetup Namangan

14:00 - 14:45Onlayn mobil taʼlim dizayndan dasturgacha. Dizayn(Figma)

Alisher Makhmudov

Alisher Makhmudov
Micros Development, Developer

15:00 - 15:45Onlayn mobil taʼlim dizayndan dasturgacha. Backend(Yii2)

Sardor Dushamov

Sardor Dushamov
Workly, Team Lead

16:00 - 16:45Onlayn mobil taʼlim dizayndan dasturgacha. Mobil ilova(Flutter)

Abdulaminxon Haydarov

Abdulaminxon Haydarov
Thinkland, Software engineer